Saytimizga hush kelibsiz !

Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Shirin shahar “Bunyodkor” mahallasida «Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida festival doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlariga shahar hokimi Sarvarbek Sultonov hamda Sirdaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranovlar diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Gala-konsertda elimiz suygan xushovoz xonanda Ilhom Shoimov kuylangan kuy-qo‘shiqlar yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, shahar madaniyat bo‘limi xodimlari hamda sanʼatga qiziquvchi yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari tadbirga yana-da o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan