Saytimizga hush kelibsiz !

FUQAROLAR XAVFSIZLIGI TAʼMINLANMOQDA

Shirin shahri hududidagi Ibn Sino hamda Ahillik ko‘chalari tutashgan chorraha serqatnov bo‘lganligi sabab piyodalarning ham avtotransport vositalarining ham harakatlanishlarida noqulayliklar yuzaga kelardi.

Harakat xavfsizligini taʼminlash, aholiga qulaylik yaratish va yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu chorrahaga svetofor qurilmasi o‘rnatilib, ko‘chalarga yo‘l chiziqlari va piyodalar yo‘laklari chizildi.

Endilikda piyodalarning yo‘lni kesib o‘tishi, shuningdek, transportlar qatnovi tartibga solinadi. Fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar shahrimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan