Bugun, 4-sentabr kunidan Shirin shahrida joylashgan barcha umumta’lim maktablarida 2023-2024 o’quv yili uchun birinchi qo’ng’iroq sadolari yangradi.
Shirin shahar hokimi Sarvarbek Sultonov 3-umumiy oʻrta ta’lim maktabida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida oʻtkazilgan «Birinchi qoʻngʻiroq» tadbirida ishtirok etdi.
Shahar hokimi maktab ostonasiga qadam qo‘ygan jajji bolajonlarni, shuningdek, barcha o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘quv yilining ilk kuni bilan tabrikladi.
O’qishda va sportda yutuqqa erishgan o’quvchilar e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbirdan soʻng shahar hokimi ishtirokida «Mustaqillik darsi» oʻtilib, Unda yurtimizda soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, taʼlim sohasidagi oʻzgarish va yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar haqida oʻquvchilarga soʻzlab berildi.
Ma’lumot uchun, Shirin shahridagi 4 ta maktabga joriy o‘quv yilida jami 295 nafar o‘quvchilar qabul qilinib, ularning barchasiga Prezident sovg‘alari va zamonaviy o‘quv qurollari topshirildi.