Saytimizga hush kelibsiz !

Mirzo Ulugʻek mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Shirin shahar Mirzo Ulugʻbek mahallasida shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Ismadiyor Maxmudov hamda tashkilotlari rahbarlari, Mirzo Ulugʻbek mahallasi vakillari  ishtirokida aholini qiynab kelayotgan muammolarni tizimli hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan uy-joy xo‘jaligini xususiylashtirish, oqava suv taʼminotini yaxshilash shuningdek, «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritilish va maishiy chiqindilarni bartaraf etish masalalarida jami 8 ta murojaat va takliflar kelib tushdi. Yoʻllangan murojaatlarning 4 tasiga joyida amaliy yechim topildi, qolgan 4 ta masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan