Saytimizga hush kelibsiz !

Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Shirin shahar Yoshlar markazi hamda 49479-sonli Harbiy qismda “Maʼnaviyat festivali” o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirlarda Maʼrifat targ‘ibotchilar jamiyati bo‘lim boshlig‘i O‘tkir Nurmatov, O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Dilshod Rajabov, O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi Barno Qodirova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi boshlig‘i Murodjon Xaitov hamda Guliston davlat universiteti professori «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni sohibi Ravshan Mahmudovlar ishtirok etishdi.

Tadbirlar doirasida Yangi O‘zbekiston davlati: kitob va plakatlar to‘plami taqdimoti ham bo‘lib o‘tib, Zamira Suyunova, Barno Qodirovalarning ijodiy chiqishlari barchaga hush kayfiyat bag‘ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan