Saytimizga hush kelibsiz !

Faol tadbirkor — yurtga madadkor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18-avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida yuqori natijalarga erishgan, mukofotlangan faol tadbirkorlarga o‘z hududlaridagi aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazishi tavsiya etilgan edi.

Bugun, 24-avgust kuni Shirin shahar Yoshlar markazida shahrimizdagi faol tadbirkorlar hamda Guliston shahridagi «Agro youth» ishlab chiqarish kooperativi direktori, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Barchinoy Usmonova bilan tadbirkorlikka qiziquvchi shahar aholisi uchrashuvi tashkil etildi. 

Uchrashuvda tadbirkorlar ishtirokchilarga o‘z tajribalari, mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish va muvaffaqiyatga erishishda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi yuzasidan tavsiyalar, buning uchun davlat tomonidan berilayotgan ko‘plab imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida maʼlumot berishdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad faol tadbirkorlarning hayot tarzi va tajribasini aholi bilan bo‘lishish orqali ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish, qiziqish uyg‘otish, maslahat va motivatsiya berishdan iborat.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan