Saytimizga hush kelibsiz !

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar bo’lib o’tdi

Joriy yilning 19-avgust kuni Shirin shahrida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyat filiali vakili hamda viloyat adliya boshqarmasi mutaxassisi tomonidan, shahar hokimligi apparat xodimlari hamda tashkilot rahbarlari uchun joriy yilning 8-avgust kuni qabul qilingan hamda joriy yilning 11-noyabr kunidan kuchga kiradigan “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda mazkur qonunning maqsad va vazifalari, qonunning qo’llanilish sohasi va davlat xizmatchilarining barcha ish faoliyatidagi tartib taomillari batafsil tushuntirib o’tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan