2022-yil 18-avgust kuni Shirin shahar Nurobod mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Tojiboyeva boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda shuningdek, viloyat IIB xotin-qizlar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari G. Mirzabekova, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi sud raisi L. Sherbekova, hamda Shirin shahar tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Qabul davomida turli xil masalalarda jami 15 ta murojaatlar yo’llandi, shundan 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 9 ta murojaatga tegishli tartibda tushuntirish berilib, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.