Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo’limi ish yurituviga iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarning ijro varaqalari asosida tijorat banklari foydasiga undiruvlar bilan bog’liq joriy yil o’tgan 7 oy davomida jami 4 mlrd. 60 mln. 700 ming so’mlik 102 ta ijro hujjatlari kelib tushgan bo’lib, unda 56 tasi bo’yicha 2 mlrd. 712 mln. 100 ming so’m mablag’lar undirilishi ta’minlandi. Shuningdek, qarzdor subyektlarning garovdagi mol-mulklari “E-ijro” onlayn auksion platformasiga doimiy kiritib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 7 oyi davomida tijorat banklari foydasiga jami 1,8 mlrd.so’mlik 9 ta mol-mulklar xatlanib, “E-ijro” auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi ta’minlandi.