Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo’lib o’tdi

Iyun oyi har yili butun mamlakatimiz bo’ylab “Yoshlar oyligi” sifatida belgilanib, unda yoshlar uchun turli xil keng ko’lamli tadbirlar, musobaqalar, tanlovlar o’tkazilib kelinadi. Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo’lib o’tmoqda. Xususan, joriy yilning 27-iyun kuni Shirin shahrida yoshlar festivali bo’lib o’tdi. Festival yoshlarni sportga jalb etish maqsadida estafeta yugurish marafoni bilan boshlandi.

Amir Temur mahallasida joylashgan “Orom” istirohat bog’ida Shirin shahar sektor rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi so’zga chiqib, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan e’tibor, imkoniyatlar xususida to’xtalib, yaqinlashib kelayotgan 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan barcha yoshlarni tabrikladi. Shuningdek, tadbir davomida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mahalla, sektor, shahar, viloyat bosqichlarida ishtirok etgan 110 nafar yoshlar, sportning turli yo’nalishlari bo’yicha O‘zbekiston chempionoatlarida ishtirok etgan 10 nafar sportchi yoshlar, “Besh tashabbus olimpiadasi” mahalla va shahar bosqichlarni o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatgan 10 ta korxona tashkilotlar raxbarlari tashakkurnoma va turli xil sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Shu bilan bir qatorda, mahallalarda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida Shirin shahrining 7 ta mahallasiga 4 turdagi sport anjomlari topshirildi.

Shundan so’ng, tadbirning badiiy qismi boshlanib, unda harbiylar, shahar madaniyat bo’limi xodimlari, Bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchilari, o’zbek estrada vakillari Farhod va Shirin ishtirokida turli xil kuy-qo’shiqlar, musiqiy chiqishlar, sahna ko’rinishlari, raqslar ijro etildi.

Tadbir so’nggida tashkil etilgan mushakbozlik bayram tadbiri ishtirokchilariga yanada ko’taringki kayfiyat bag’ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan