Saytimizga hush kelibsiz !

Umumiy o’rta ta’lim maktabining namunali bitiruvchilari taqdirlandi

2021-2022 o‘quv yilida Shirin shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarini jami 237 nafar 11-sinf bitiruvchilari bitiridi. Ularning 229 nafari nafari oliy ta’lim muassasalarida, 8 nafari kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda o‘qishni davom ettirishlarini bildirgan. Shundan, 5 nafar bitiruvchilar xalqaro va milliy sertifikatga ega bo‘lgan bo‘lsa, 4 nafar sport yo’nalishida O’zbekiston va Xalqaro musobaqa g’oliblari, 9 nafar bitiruvchi muddatidan oldin oliy ta’limda o‘qish uchun qabul qilingan.

Joriy yilning 30-iyun kuni Shirin shahar sektor rahbarlari tomonidan umumiy o’rta ta’lim maktabni a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Samimiy tarzda o’tgan uchrashuvda sektor rahbarlari bitiruvchilarga ulkan muvaffaqiyat tiladi va bitiruvchilarga «oltin» hamda «kumush» medallar tantanali ravishda topshirildi.

Ma’lumot uchun, shahardagi umumiy o’rta ta’lim maktabini jami 12 nafar o’quvchilar a’lo baholarga bitirib, shundan 10 nafar o’quvchilarga «oltin», 2 nafar bitiruvchilarga «kumush» medallari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan