Saytimizga hush kelibsiz !

“Parlament o’yinlari” sport musobaqasida Shirin shahar deputatlari munosib ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori asosida joriy yilning 1-2-iyul kunlari Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi kubogi uchun “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Sportning voleybol, basketbol hamda badminton turi bo’yicha ikki kun davom etgan musobaqada ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan badminton bellshuviida Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Igamberdieva Fotima Raximjanovna faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan bo’lsa, erkaklar o’rtasida stol tennisi bo’yicha shahar Kengashi deputati Haydarov Umidjon Suvonqulovich faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritib, musobaqaning keying bosqichiga yo’llanmani qo’lga kritdi. Faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan ishtirokchilarga Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan