Jinoyat ishlari bo’yicha Sirdaryo viloyat sudi raisining tegishli buyrug’iga muvofiq, Mirzoxidov Mirg‘ani Adxamovich Jinoyat ishlari bo’yicha Shirin shahar sudi raisi lavozimiga tayinlandi.
Mirg’ani Mirzoxidov 1966-yil Toshkent shahrida tug’ilgan. 1993-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ish faoliyati davomida Toshkent shahar Adliya boshqarmasi katta maslahatchisi, Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining sudyasi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudyasi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining katta maslahatchisi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining katta mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan. Mazkur tayinlovga qadar Mirg’ani Mirzoxidov Sirdaryo viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqoltin tuman sudining raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar Jinoyat ishlari bo’yicha Shirin shahar sudi raisi lavozimida mehnat qilib kelayotgan Xabibullo Sarmanov Jinoyat ishlari bo’yicha Oqoltin tuman sudi raisi lavozimiga tayinlangan.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati