Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markaziga yangi direktor tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug’i bilan Raxmatov Akmaljon Axmat o‘g‘li Shirin shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markaziga direktor etib tayinlandi.

Raxmatov Akmaljon Axmat o‘g‘li 1993-yil Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan, Informatika o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis. U mehnat faoliyatini Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Boyovut tuman Tadbirkorlik sub’yeklariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish yagona markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
2018-2022-yillar davomida Boyovut tuman Davlat xizmatlari markazida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
A.Rahmatov tayinlovga qadar Boyovut tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish shoʻbasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan