Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, Tursunov Nurali Xushvaqtovich Shirin shahar hokimining o’rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
Nurali Tursunov 1983-yilda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tug’ilgan. 2007-yil Guliston davlat universitetining agroinjeneriya, 2012-yil Toshkent Moliya institutining buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishlarini tamomlagan. Ish faoliyati davomida “Ipoteka-bank” ATIB Sirdaryo viloyat filiali, “O‘zbekinvest” EIMSK Sirdaryo viloyat filiallarining bir qancha lavozimlarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar, Nurali Tursunov “Alfa invest” sug’urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati Sirdaryo viloyati Departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Maxmudov Ismadiyor Abduvaliyevich Shirin shahar Mirzo Ulug’bek mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati