O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrug’iga muvofiq, Mamirov Rustambek Ungarovich Shirin shahar prokurori etib tayinlandi.
Rustambek Mamirov 1981-yil Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida tug’ilgan. 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ish faoliyati davomida Sirdaryo viloyati prokuraturasining bir nechta mas’ul lavozimlarida mehnat qilgan.
Rustambek Mamirov ushbu tayinlovga qadar, Sirdaryo viloyat prokurorining murojaatlar bilan ishlash bo’yicha katta yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati