Saytimizga hush kelibsiz !

«Besh tashabbus oimpiadasi» dayjest

*** Joriy yilning 3-iyun kuni Guliston shahar yoshlar markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shashka turi bo’yicha viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Shirin shahar bosqichida Vatanparvar mahallasi havaskor yoshlaridan Tojixol G’oziyeva 1-o’rinni qo’lga kiritib, viloyats bosqichida ishtirok etdi va viloyat bosqichida ham faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritib, musobaqaning Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

*** 2022-yil 4-iyun kuni doirasida Guliston shahar yoshlar markazida «Yosh kitobxon oila» tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovning shahar bosqichida 1-o’rinni qo’lga kiritgan Vatanparvar mahallasining Xudoberdiyevlar oilasi viloyat bosqichida ham faol ishtirok etishdi va unda faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritishdi. Ushbu tanlovda nizom asosida 1-o’rinni qo’lga kiritgan jamoaga Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyati berildi.

*** 2022-yil 6-iyun kuni doirasida «Street workout» musobaqasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovning shahar bosqichida 1-o’rinni qo’lga kiritgan Nurobod mahallasining jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritishdi va ularga Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyati berildi.

*** Bundan tashqari joriy yil 6-iyun kuni Guliston tumani Madaniyat markazida «Quvnoqlar va zukkolar» tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovning Shirin shahar bosqichida 1-o’rinni egallagan M.Ulug‘bek mahallasining «Energo +» jamoasi viloyat bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritishdi.Ikki nafar iqtidorli yoshlarimiz viloyat terma jamoasiga qabul qilinishdi.

*** Joriy yilning 7-iyun kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Guliston shahar yoshlar markazida sportning stol tennisi turidan viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Shirin shahar bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan Bunyodkor mahallasidan Go’zal Mirzabekova hamda Vatanparvar mahallasidan Dilshoda Sharipova faol ishtirok etishdi. Natijalarga ko’ra, viloyat bosqichida juftlik o’yinlarida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritgan Shirin shahar yoshlari musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

*** Joriy yilning 7-iyun kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Guliston shahar yoshlar markazida sportning stol tennisi turidan viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Shirin shahar bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan Bunyodkor mahallasidan Po‘latov Shaxriyor Mansur o‘g‘li faol ishtirok etib yakunda natijalarga ko‘ra faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritgan Shirin shahar yoshlari musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

*** 2022-yil 9-iyun kuni Guliston shahrida «Besh» tashabbus olimpiadasi doirasida sportning «Stritbol» turidan viloyat bosqichi musboqalari bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovning shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan sharimiz yoshlari 16-21,22-26-yosh toifalarida faol ishtirok etishdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra 22-26-yosh toifasida faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritgan M.Ulug‘bek mahallasi yoshlariga Respublika bosqichida nafaqat shahrimiz,viloyatimiz sharafini munosib himoya qilish ishonib topshirildi.

*** Bundan tashqari joriy yil 10-iyun kuni «Zukko kitobxon» tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovning Shirin shahar bosqichida 1-o’rinni egallagan Vatanparvar mahallasining «Navoiy izdoshlari» jamoasi viloyat bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritishdi. Tartibga asosan, ushbu jamoa Respublika bosqichida Sirdaryo viloyati jamaosi nomidan ishtirok etadi.

Hozirgi kunga qadar tanlov va musobaqalarning viloyat bosqichida jami 3 ta 1-o’rinni qo’lga kiritgan Vatanparvar mahallasi yoshlari Respublika bosqichida Sirdaryo viloyati sha’nini himoya qilishadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan