Joriy yilning 14-iyun kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida shahar sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida sektorlar hamda hokim o’rinbosarlarining eng muhim samaradorlik ko’rsatkichi KPI bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda sektorlar faoliyatini baholashda har bir yo’nalish bo’yicha taklif etilayotgan ko’rsatkichlar, ularning shakllanib borishi, KPI reytingi mexanizmining balansi, shuningdek, hokim o’rinbosarlarining ish faoliyatini baholash tartibi, bu borada 2020-2021-yillarda kuzatilgan mavjud kamchiliklar, baholash tizimining asosiy elementlari, qonuniy hamda huquqiy asoslar va 2022-yilda hokimi o’rinbosarlarining samaradorlik ko’rsatkichi bo’yicha taklif etilayotgan baholash tizimi va kutilayotgan natijalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilib, bu boradagi muhim masalalar keng muhokama qilindi.
Yigilish davomida sektorlar hamda hokim o’rinbosarlarining eng muhim samaradorlik ko’rsatkichlari (EMSK, KPI)ni oshirish bo’yicha tavsiyalar, ko’rsatmalar berildi.