Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyatiga yangi mudir tayinlandi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 2022-yil 4-iyundagi tegishli qaroriga muvofiq, Salimova Mastura Sharifovna Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

Mastura Salimova 1973-yil Sirdaryo viloyati Shirin shahrida tug’ilgan, 1996-yil Guliston davlat universitetining ona tili va adabiyoti yo’nalishini tamomlagan. Ish faoliyati davomida Shirin shahar 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qituvchilik va boshqa lavozimlarda mehnat qilgan. Hozirda Mastura Salimova Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati hisoblanadi.

Mastura Salimova ushbu tayinlovga qadar Shirin shahar 3-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan