Har yili 30-iyun mamlakatimizda Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan, har yili iyun oyi «Yoshlar oyligi» sifatida belgilanib, ushbu oyda yoshlar ishtirokida turli xil musobaqalar, tanlovlar, ko’ngilochar tadbirlar o’tkazilib kelinadi. Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ham «Yoshlar oyligi» doirasida joriy yilning 9-27-iyun kunlari turli sport musobaqalari, ko’rik-tanlovlar, ko’plab tadbirlar o’tkazilishi belgilangan. Ushbu tadbirlarda barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Quyida mazkur tadbirlarning o’tkazlish vaqtlari keltirib o’tilgan.
№ | Tadbirlar va loyiha nomi | O‘tkaziladigan joyi va vaqti |
1. | Mini-futbol, stol tennisi musobaqasi | 2022-yil 9-iyun |
2. | Voleybol, basketbol musobaqasi | 2022-yil 13-iyun |
3. | “Men ham askar bo‘laman” aksiyasi va harbiy qisimlarga sayohatlar | 2022-yil 15-iyun |
4. | Shaxmat, shashka musobaqasi | 2022-yil 17-iyun |
5. | Salomatlik uchun 5 000 qadam yurish yurish marafoni | 2022-yil 20-iyun |
6. | Mahalla yoshlarining, teatrlarga tashrifi | 2022-yil 22-iyun |
7. | Yugurish bo‘yicha “Yoshlar marafoni” | 2022-yil 21-iyun |
8. | “Kibersport” musobaqasi | 2022-yil 23-iyun |
9. | “Zakovat” musobaqasi | 2022-yil 24-iyun |
10. | “Yoshlar kuni” munosabati bilan yakuniy gala-konsert | 2022-yil 27-iyun |
Ma’lumot uchun, har bir musobaqalar mahalla hamda shahar bosqichlari formatida o’tkaziladi, mazkur ko’rik-tanlovlar hamda musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar o’zlari istiqomat qilayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilariga murojaat qilishlari mumkin.
Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo’limi