Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan may oyi yakuni bo’yicha amalga oshirgan ishlari to’g’risida

Bugun soliq idoralari “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyat olib borishmoqda va ushbu jarayonda murojaatlar yuzasidan mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashilmoqda.

Xususan joriy yilning may oyida Shirin shahrida faoliyat yuritayotgan 198 nafar tadbirkorlik subyektining 162 ta muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 162  dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi.

Tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, noqonuniy tarzda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 25 nafar fuqarolar hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Mazkur fuqarolar o‘rtasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ulardan 25 nafari ya’ni barchasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy tartibda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirishishlar pirovardida 31 ta korxonalardagi 87  nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

Joriy yilning may oyi davomida “Soliq hamkor” dasturi orqali Shirin shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 12 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarga asosan 8 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi, 4  tasi tegishli tartibda rad etildi.

Ushbu tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tushuntirilib, kelgusida takrorlamasliklari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Eng muhimi, soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida chora qo‘llashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib, joriy yil 1-iyundan boshlab, “Soliq hamkor” orqali murojaat yo‘llash va murojaatga asosan soliq huquqbuzarliklarini sodir etgan tadbirkorlik subyektiga nisbatan chora ko‘rish tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablari asosida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantirilib, unga nisbatan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydigan bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad bitta. U ham bo‘lsa tadbirkorlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish, ularni muammosiz faoliyat olib borishlariga amaliy yordam berishdan iboratdir.

Shirin shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i

Husniddin Qobilov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan