Saytimizga hush kelibsiz !

«Bir nuroniy – o’n yoshga mas’ul» ko’rik-tanlovining shahar bosqichi go’liblari ma’lum bo’ldi

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi va yoshlarni qo’llab-quvvatlashda nuroniylarning o’rni beqiyos. Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” degan tamoyil asosida mahallalardagi faol nuroniylarimizning hayotiy tajribalaridan samarali foydalanish maqsadida har bir muammoli yoshlarning muammolarini hal qilish maqsadida nuroniylarga biriktirish lozimligi to‘g‘risida takliflar berilgan edi va faol mehnat qilib, yoshlar muammolarini hal qilishda ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarimizni rag‘batlantirish maqsadida turistik sayohatlarga, O‘zbekistondagi tarixiy obidalarga ziyoratgohlarga borishlarida, sanatoriyalarda bepul davolanishlari mumkinligi ushbu qarorda belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan nizomga asosan, “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish belgilangan.

Joriy yilning 6-iyun kuni ushbu tanlovning Shirin shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Shirin shahridagi 7 ta mahallalarda istiqomat qilayotgan faol nuroniylar ishtirokida o’tgan tadbir 4 ta shartlar asosida bo’lib o’tdi. Tadbirda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘tbosar Abdiyev, shahar hokimi Sarvar Sultonov hamda tegishli mas’ul rahbarlar hamda fuqarolar bevosita ishtirok etishib, nuroniylar tomonidan tayyorlangan chiqishlar va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Qiziqarli tarzda kechgan tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, 1-o’rin Amir Temur mahallasida yashovchi nuroniy Ra’no Rahmonqulovaga, 2-o’rin Do’stlik mahallasida yashovchi nuroniy Tursunoy Gaybullayevaga, 3-o’rin Bunyodkor mahallasida istiqomat qiluvchi Xolmuhammad Xalilovga hamda 4-o’rin esa Nurobod mahallasining faol nuroniylaridan biri Pardaxol Boboyorovalarga nasib qildi. Musobaqaning nizomiga ko’ra, faxrli o’rinlarin qo’lga kiritgan nuroniylarga tegishli miqdorda pul mukofotlari topshirildi hamda ushbu tanlovning shahar bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan Amir Temur mahallasi nuroniysi Ra’no Rahmonqulova ko’rik tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi rejaga asosan, joriy yilning 11-iyun kuni o’tkazilishi belgilangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan