Joriy yilning 3-4-iyun kunlari Samarqand shahrida ona tili va adabiyot, tarix, geografiya, tojik tili va o’zbek tili fanlaridan Asosiy fan olimpiadasining IV (Respublika) bosqichi bo’lib o’tdi. Mazkur olimpiadada Shirin shahridan 4 nafar bilimli o’quvchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Olimpiadada ishtirok etgan Shirin shahar 4-umumta’lim maktabining 11-sinf o’quvchisi Ahmadov Jahongir O’lmas o’g’li Geografiya fanidan faxrli 3-o’rinni egallab, qator imtiyozlarga ega bo’ldi.
Jumladan musobaqa nizomiga ko’ra, Ahmadov Jahongir O’lmas o’g’li o’z yo’nalishi doirasida Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo’ldi. Shu bilan birgalikda, u 1 800 000 so’mlik pul mukofoti bilan taqdirlandi va Toshkent Amaliy fanlar Universitetining 80 000 000 so’mlik grantini qo’lga kiritdi.
Shirin shahar xalq ta’limi bo’limi