Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrining QVZ jamoasi musobaqaning viloyat bosqichida munosib ishtirok etdi

Joriy yilning 6-iyun kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Mazkur bosqichda viloyatimizning har bir tuman, shahar bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalari o’zaro belashishdi. Xususan, Shirin shahri nomidan shahar bosqichida g’olib bo’lgan holda “Sirdaryo IES” AJ ning “Energo+” jamoasi munosib ishtirok etib faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Musobaqada 1-o’rin Guliston tumani, 3-o’rin esa Yangiyer shahri jamoalariga nasib qildi.
Ma’lumot uchun, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi joriy yilning 20-iyun kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tishi belgilangan. Ushbu bosqichda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda har bir viloyatdan bittadan jamoalar o’zaro kuch sinashadi. Sirdaryo viloyatidan viloyat bosqichida faxrli 1-o’rinni egallagan Guliston tumanining “Ahillik” jamoasi Respublika bosqichida ishtirok etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan