Saytimizga hush kelibsiz !

Aholini ro’yxatga olishning ahamiyati qanday?

Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e’lon qilishning yagona jarayonidir. Ushbu tadbir aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblashda ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi. Bunda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynaydi. Ro‘yxatga olishda to‘planadigan statistik ma’lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Bu tadbirni o‘tkazishda ro‘yxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biridir. Zero ma’lumotlarning to‘g‘riligiga bevosita ular mas’ul bo‘ladi va shakllantirilgan ma’lumotlar real bo‘lishi kerak. Bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar har xil yoshda va kasbda ishlashi, birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, statistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar bo‘lishi mumkin. Ular uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi va zarurat tug‘ilsa, qo‘shimcha maslahatlar beriladi. Ushbu tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlaramaldagi hujjatlarga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilanadi.

Shirin shahar statistika bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan