Saytimizga hush kelibsiz !

E’tirof va e’zoz!

Mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarishning chinakam xalqona instituti sifatida jamiyatimizdan mustahkam o‘rin egallagan. Bu xalq bilan muloqot qilish va inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ezgu vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Joriy yilning 31-may kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida shahar hokimi Sarvar Sultonov, Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Rafiq Boyqobilov hamda yangi saylangan mahalla fuqarolar yig’ini raislari, shu bilan birgalikda, saylovga qadar uzoq vaqt, fidoyilik bilan mehnat qilgan sobiq mahalla raislari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda shahar hokimi so’zga chiqib, barcha mahallalarga yangi tayinlangan raislarning boshlagan mehnat faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyat, kuch-quvvat tiladi.
Shu bilan birgalikda, uzoq yillar mahallada raislik qilib, fidoyilik bilan mehnat qilgan barcha sobiq raislarga shahar hokimi o’z minnatdorchiligini bildirib, ularga oilaviy xotirjamlik, mustahkam sog’lik tilab, har bir mahalla raislari kelgusida mahallada yoshlar tarbiyasi yo’lida namuna, ko’makchi, chinakam murabbiy, jamiyatning faol yetakchilaridan biri bo’lib qolishini tiladi va ularga tashakkurnoma, esdalik sovg’alari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan