Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida “Yashil bog’” tashkil qilinmoqda

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-sonli Farmonida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda hududlarni ko’kalamzorlashtirish, ekologika muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida Shirin shahri Farhod mahallasi hududidan o’tuvchi Janubiy Mirzacho’l kanali yonbag’rida “Yashil bog’” tashkil etilmoqda. Ayni kunlarda 10 ming dona tez o’suvchi va shahar iqlim sharoitiga mos keluvchi pavlovniya ko’chatlari yerga qadalmoqda.
Ushbu hudud ancha vaqtdan buyon birmuncha qarovsiz edi. Endilikda tezkorlik bilan bo’y ko’rsatuvchi pavlovniya daraxtlari ekilishi natijasida obod maskanga aylanadi. Ushbu hudud o’simliklar suvdan tepada joylashganligi sababli tomchilatib sug’orish tizimi vositasida sug’orilishi ta’minlangan.

Malumot uchun, pavlovniya Yer sharida mavjud daraxtlardan nafaqat eng tez o‘sishi bilan ajralib turadi, balki qimmatli yog‘och, asal, biomassa manbai ekanligi bilan qadrlanadi, u manzarali daraxt sifatida istirohat bog‘lari, xiyobonlarni bezaydi. Shu bilan bir qatorda, suvsiz, qurg‘oqchil yerlarda ham ko‘p parvarish talab etmay, bemalol unib o‘sib keta oladi.
Eslatib o’tamiz, 2021-yilning may oyida Mirzo Ulug’bek mahallasi hududiga (Janubiy Mirzacho’l kanali atrofiga) 5 ming dona pavlovniya ko’chati ekilgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan