Xabaringiz bor, joriy yilning 16-18 may kunlari Shirin shahridagi barcha mahallalarida mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylov o’tkazilishi belgilangan edi. Joriy yilning 16-may kuni rejaga asosan, 4 ta mahallalarda xususan, Vatanparvar, Mirzo Ulug’bek, Nurobod hamda Amir Temur mahallalarida saylovlar o’tkazildi va saylov jarayonlari tugashi bilan saylovchilarning bevosita kuzatuvi ostida to’plangan ovozlar hisoblanib, natijalar e’lon qilindi.
Unga ko’ra:
Vatanparvar mahalla fuqarolar yig’iniga Mirahmedova Malika Sobirjonovna;
Mirzo Ulug’bek mahalla fuqarolar yig’iniga Begmatov Abdulla Ziyadullayevich;
Nurobod mahalla fuqarolar yig’iniga Sariyev Oybek Mavlonovich;
Amir Temur mahalla fuqarolar yig’iniga Qurbonov Temur Husanboyevich rais etib saylandi.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning 17-may kuni Do’stlik, Bunyodkor, 18-may kuni Farhod mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo’lib o’tadi.
Shirin shahar saylov komissiyasi