Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida farzandlar tarbiyasida namuna ko’rsatgan oilaga shahar hokimi minnatdorchilik bildirdi

Bugun, 15-may kuni jahon miqyosida Xalqaro oilalar kuni (International Day of Families) sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili to’g’risidagi rezolyutsiyaga muvofiq, 1994-yilning 15-mayidan buyon muntazam ravishda nishonlab kelinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublikamiz bo’ylab keng nishonlanishi belgilab qo’yildi.
Xalqaro oilalar kunini o’tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog’liq muammolarga qaratishdir.
Joriy yilning 15-may kuni Xalqaro oila kuni munosabati bilan, Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi, nuroniylar bilan birgalikda Farhod mahallasida yashovchi, farzandlar tarbiyasida namuna ko’rsatgan oilalardan biri Melis Mirzayev xonadoniga tashrif buyurdi. Samimiy uchrashuv davomida shahar hokimi xonadon egasiga namunali, el koriga yaraydigan farzandlar tarbiyalab kelayotganligi uchun o’zining chuqur minnatdorchiligini bildirib, 15-may Xalqaro oila kuni bilan samimiy tabrikladi.
Ma’lumot uchun, Melis Mirzayev 76 yoshni qarshi olgan bo’lsa-da, hozirda “Sirdaryo IES” AJ elektroizolit qo’shma korxonasida o’z mehnat faoliyatini olib bormoqda. Uni turmush o’rtog’i Ra’no Abdullayeva pensiyada bo’lib, pensiya yoshigacha uzoq yillar ta’lim sohasida faoliyat yuritgan. Melis Mirzayev 3 ta farzand ikki o’g’il, bir qizning otasi, 9 nafar nabiralarning buvisi. Barcha farzandlari Oliy ma’lumotli va hozirda farzandlari mas’ul lavozimlarda ishlamoqda.
Mazkur xonadon eshigiga “Farzandlar tarbiyasida namuna ko’rsatgan oila” stellasi ham ilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan