Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahri Do’stlik mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) sayloviga nomzodlar bilan tanishing!

Joriy yilning 17-may kuni Shirin shahri Do’stlik mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo’lib o’tadi. Do’stlik mahallasi raisi lavozimiga ikki nafar nomzodlar nomi ma’lum qilindi.

Ibragimov Nizomjon Xotamovich 1973-yilda Sirdaryo viloyati Yangier shahrida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, ma’lumoti-oliy, 1996-yil Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan, mutaxassisligi-injiner mexanik. Oilali, 2 nafar farzandi bor. 1990-1991-yillarda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi “Oybek” nomli 2-o‘rta maktabida “pioner vojatiy”, 1991-1996-yillarda-Toshkent avtomobil yo‘llari instituti talabasi, 1996-1997-yillarda “150-Boyovut avtokorxonasi”da navbatchi mexanik, 1997-2018-yillarda esa “O‘zmetkombinat”AIBning Mexanika ta’mirlash tsexi katta ustasi kabi lavozimlarda ishlagan. Hozirgi kunda “Maftunkor kuruvchi” MChJ rahbari, Shirin shahrida oila a’zolari bilan birgalikda doimiy yashaydi.

Nomzod Ibragimov Nizomjon Xotamovichning namunaviy dasturi

Joriy yildagi fuqarolar yig‘ini raislari saylovida mahalladoshlarim menga ishonch bildirib, mahalla raisligiga nomzodimni tavsiya qilishgan ekan, men uchun bu sharaf, o‘z navbatida katta mas’uliyat. Bu ishonchni oqlashga, bor bilim va tajribamni yurtimning hamda mahallamiz, undagi barcha fuqarolarning ravnaqi uchun sarflashga harakat qilaman.

Mahallaga rais bo‘lish juda katta mas’uliyat. Agar ushbu lavozimga saylansam, menga yuklatilayotgan vazifaning mas’uliyati va javobgarligini his qilgan holda hududni har tomonlama sohaviy rivojlantirish chora-tadbirlarini  belgilab olishda, albatta mahalla kengashi a’zolari va faollari bilan birgalikda maslaxatlashib amalga oshiraman.

Dastlab, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy ma’naviyatimizga xos bo‘lmagan salbiy illatlarni oldini olish, bularga imkon yaratib beruvchi sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar izchilligiga e’tibor qilgan holda mahalla faollari bilan hamkorlikda olib boraman.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan bog‘liq Qonun va barcha aloqador bo‘lgan boshqa qonunosti me’yoriy hujjatlarga so‘zsiz tayanib, quyidagilarni amalga oshiraman:

Jumladan, mahalla fuqarolar yig‘inining asosiy va bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biri bu – tabiat, atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat, shunday ekan mahalla hududidagi ekologik muhitni yaxshilash maqsadida, muntazam ravishda hududni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilab, shahar xududiga maxalla kesimida toza va ozodalikni ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishga harakat qilaman.

Shuning bilan birgalikda, mahalla hududida aholining ishdan bo‘sh vaqtlarida dam olishi uchun maskanlar barpo etish, qo‘shimcha sport maydonchalarini tashkil qilishni rejalashtirmoqdaman.

Shuningdek, o‘zim mutaxassisligim huquqshunos bo‘lgani  uchun mahalla ahli uchun Qonunda nazarda tutilgan holda huquqiy maslahatxona tashkil qilish choralarini ko‘raman.

Albatta, bunday katta hajmdagi ishlarni mahalla ahli, faollar hamda mahallamizga biriktirilgan ma’sul xodimlar bilan va to‘g‘ridan –to‘g‘ri shug‘ullanadigan tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar hamkorligida amalga oshiraman.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ining yana bir eng asosiy vazifalaridan biri bu – mahalladagi aholining osoyishta, tinch va totuvligidir, buning uchun avvalam bor mahalla hududidagi oilalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilash va bir-birlariga nisbatan hurmat-extirom ko‘rsatishlari uchun mahalla faollari hamda keksa yoshdagilar, ko‘p xayotiy tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lishini  ta’minlash choralarini ko‘raman.

Bunda, mahallada sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda yoki ularni oldini olishda huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda profilaktik chora – tadbirlarni ko‘raman.

Yoshlar bizning kelajagimiz, shu munosabat bilan yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish uchun mahalla tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni shahar IIB xodimlari bilan xamkorlikda olib boraman.

Bugungi kunda kupgina yosh oilalar arzimas turli vaj va baxonalar bilan o‘zaro janjallashib qolishlari va oqibatida oilalarning ajralib ketishigacha borishi sir emas, ayniqsa, yoshlar hamda yosh oilalar bilan muntazam ravishda aloqalar o‘rnatib,  ularning xayot tarzini, bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan band ekanligini nazorat qilishni o‘zimning burchim deb bilaman. Bunda yosh oilalarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida har bir xonadonga shaxsan o‘zim yoki mahalla faollari bilan birgalikda kirib borishlik va ularning oilaviy munosabatlari buzilishinig sabablari va bunga imkon bergan shart sharoitlarni o‘rganib, ularni bartaraf qilish hamda yarashtirish choralarini tegishli tashkilotlar xamkorligida kuraman.

Yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda alkogolli maxsulotlarni iste’mol qilish, giyoxvandlik vositalariga ruju qo‘ymaslik choralarini ko‘rish maqsadida, mahallaga biriktirilgan har bir ma’sullar, profilaktika inspektorlari bilan xamkorlikda tegishli chora tadbirlarni ko‘ramiz.

Ayniqsa, maktab yoshdagi farzandlarimiz ko‘p vaqtlarini maktablarda o‘tkazishadi, shu sababli shahar xududidagi maktablar va ularning raxbar hamda o‘qituvchilari bilan muntazam ravishda bog‘lanib, xar bir o‘quvchining bugungi kundagi bilimi, odobi, kerak bo‘lsa maktabga kelib-ketishi, uzini munosib tutishi, davomati, oilaviy muxitini nazorat qilishni yo‘lga qo‘ymoqchiman va bu masalada amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorman. Ya’ni, voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyoxvandlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizimga moyil fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borishlikni shahar XTB xamkorligida amalga oshiraman.

Mahallada yosh bolali, keksa va nogiron, boquvchisini qo‘qotgan hamda yolg‘izlarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida, ularga mexr-muruvvat ko‘rsatish, og‘irini yengil qilish, kerak bo‘lsa ularga madaniy tadbirlarni tashkil qilib, ularni doimo xursand bo‘lib yurishi uchun tegishli chora tadbirlarni amalga oshiraman. Bu masalada, bir nechta xomiylarni jalb qilish hamda Nuroniylar kengashi bilan hamkorlik o‘rnatish lozim va zarur bo‘ladi.

Mahallada, aholini daromadini yanada yaxshilash maqsadida, ularning bandligini ta’minlashga katta e’tibor qaratmoqchiman, bunda mahalla aholisini qo‘shimcha ravishda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga, kerakli zarur kuch va vositalarni jalb qilish hamda  mahallamiz tadbirkorlari, shahar mehnat bo‘limi bilan xamkorlikda ish olib boraman.

Hammamizga ma’lumki, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi bilan “Temir” daftar, “Yoshlar” daftari, “Ayollar” daftari shakllantirilgan, yuqoridagilardan kelib chiqib, mahallamiz Yoshlari va keksa-nuroniylari bilan, ayollar hamda nogironligi bor shaxslar bilan, boquvchisini yo‘qotganlar bilan, moddiy yordamga muhtoj va voyaga yetmagan farzandlarimiz bilan muntazam ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy  jihatdan yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha vakoltim doirasida barcha qilinishi lozim bo‘lgan chora –tadbirlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiraman.

Egamberdiyeva Oyzoda Qurbonaliyevna 1977-yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, ma’lumoti-oliy, 2016-yil Guliston Davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi-maktabgacha ta’lim. Oilali, 3 nafar farzandi bor. 1995-2004-yillarda-Xovos tumani 25-umuta’lim maktabi yetakchisi, 2004-2005-yillarda-Shirin shahar hokimligi tadbirkorlar palatasida raisi o‘rinbosari, 2005-2011-yillarda-Shirin shahar Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minash va tashkil etish bo‘limi maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘yicha uslubchisi, 2011-2013-yillarda-Shirin shahar 4-maktabgacha ta’lim muassasa mudirasi vazifasini bajaruvchi, 2013-2018 yillarda-“Sirdaryo IES” AJ ruxsatnoma bo‘limi navbatchisi, 2018-2019-yillarda-Shirin shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassisi kabi lavozimlarda ishlagan. Hozirgi kunda Shirin shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Shirin shahrida oila a’zolari bilan birgalikda doimiy yashaydi.

Nomzod Egamberdiyeva Oyzoda Qurbonaliyevnaning namunaviy dasturi

Joriy yildagi fuqarolar yig‘ini raislari saylovida mahalladoshlarim menga ishonch bildirib, mahalla raisligiga nomzodimni tavsiya qilishgan ekan, men uchun bu sharaf, o‘z navbatida katta mas’uliyat. Bu ishonchni oqlashga, bor bilim va tajribamni yurtimning hamda mahallamiz, undagi barcha fuqarolarning ravnaqi uchun sarflashga harakat qilaman.

Mahallaga rais bo‘lish juda katta mas’uliyat. Agar ushbu lavozimga saylansam, menga yuklatilayotgan vazifaning mas’uliyati va javobgarligini his qilgan holda hududni har tomonlama sohaviy rivojlantirish chora-tadbirlarini  belgilab olishda, albatta mahalla kengashi a’zolari va faollari bilan birgalikda maslaxatlashib amalga oshiraman.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan bog‘liq Qonun va barcha aloqador bo‘lgan boshqa qonunosti me’yoriy hujjatlarga so‘zsiz tayanib, quyidagilarni amalga oshiraman:

Jumladan, mahalla fuqarolar yig‘inining asosiy va bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biri bu – tabiat, atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat, shunday ekan mahalla hududidagi ekologik muhitni yaxshilash maqsadida, muntazam ravishda hududni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilab, shahar hududiga mahalla kesimida toza va ozodalikni ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishga harakat qilaman.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inining yana bir eng asosiy vazifalaridan biri bu – mahalladagi aholining osoyishta, tinch va totuvligidir, buning uchun avvalam bor mahalla hududidagi oilalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilash va bir-birlariga nisbatan hurmat-extirom ko‘rsatishlari uchun mahalla faollari hamda keksa yoshdagilar, ko‘p xayotiy tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lishini  ta’minlash choralarini ko‘raman.

Bugungi kunda kupgina yosh oilalar arzimas turli vaj va baxonalar bilan o‘zaro janjallashib qolishlari va oqibatida oilalarning ajralib ketishigacha borishi sir emas, ayniqsa, yoshlar hamda yosh oilalar bilan muntazam ravishda aloqalar o‘rnatib,  ularning hayot tarzini, bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan band ekanligini nazorat qilishni o‘zimning burchim deb bilaman. Bunda yosh oilalarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida har bir xonadonga shaxsan o‘zim yoki mahalla faollari bilan birgalikda kirib borishlik va ularning oilaviy munosabatlari buzilishinig sabablari va bunga imkon bergan shart sharoitlarni o‘rganib, ularni bartaraf qilish hamda yarashtirish choralarini tegishli tashkilotlar hamkorligida ko’raman.

Ayniqsa, maktab yoshdagi farzandlarimiz ko‘p vaqtlarini maktablarda o‘tkazishadi, shu sababli shahar xududidagi maktablar va ularning raxbar hamda o‘qituvchilari bilan muntazam ravishda bog‘lanib, xar bir o‘quvchining bugungi kundagi bilimi, odobi, kerak bo‘lsa maktabga kelib-ketishi, uzini munosib tutishi, davomati, oilaviy muxitini nazorat qilishni yo‘lga qo‘ymoqchiman va bu masalada amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorman. Ya’ni, voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyoxvandlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizimga moyil fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borishlikni shahar XTB hamkorligida amalga oshiraman.

Hammamizga ma’lumki, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi bilan “Temir” daftar, “Yoshlar” daftari, “Ayollar” daftari shakllantirilgan, yuqoridagilardan kelib chiqib, mahallamiz Yoshlari va keksa-nuroniylari bilan, ayollar hamda nogironligi bor shaxslar bilan, boquvchisini yo‘qotganlar bilan, moddiy yordamga muhtoj va voyaga yetmagan farzandlarimiz bilan muntazam ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy  jihatdan yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha vakoltim doirasida barcha qilinishi lozim bo‘lgan chora–tadbirlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiraman.

Shirin shahar saylov komissiyasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan