Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahri Bunyodkor mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) sayloviga nomzodlar bilan tanishing!

Joriy yilning 17-may kuni Shirin shahri Bunyodkor mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo’lib o’tadi. Bunyodkor mahallasi raisi lavozimiga ikki nafar nomzodlar nomi ma’lum qilindi.

Berdiyorov Xudoyberdi Begimqulovich 1963-yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Malumoti oliy. Mutaxasisligi – injener – gidrotexnik. Ish foliyatini 1992-2001 yillarda Xovos tumani “Bobur” xo‘jaligi texnologi bo‘lim boshlig‘i bo‘lishdan boshlagan. 2002-2003 yillar Xovos tumani yer resurslari xizmati boshlig‘i, 2003-2017 yillar Shirin “energotamir” AJ keyinchalik “elektro izolit” qo‘shma korhonasi katta ustasi, 2017-2020 yillar Sirdaryo viloyati uy-joy komunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Shirin shahar bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda «Shirin kommunal ta’mirlash servis» MChJ rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Nomzod Berdiyorov Xudoyberdi Begimqulovichning namunaviy dasturi

Mahalla aholisini ichimlik suvi, gaz va elektr toki bilan uzluksiz va to‘liq ta’minlanishida mas’ul tashkilotlar bilan muntazam ish olib borish;

Mahallada ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, salbiy illatlarni hamda ularga imkon tug‘diruvchi sabablarni oldini olish, hamda ularni bartaraf yetish.

Umumta’lim maktablari, kollej va litsey o‘quvchilari davomatini nazoratga olish, oila mahalla ta’lim muassasasi xamkorligini kuchaytirish bo‘yicha ishlash va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

Profilaktika inspektori bilan birgalikda mahallada huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, oilalardagi tinchlik va totuvlikni ta’minlashga bor imkoniyatimni ishga solish;

Yolg‘iz yashovchi, muhtoj oilalarga alohida moddiy hamda ma’naviy e’tibor qaratish, ularga homiylar biriktirib moddiy-qo‘llab quvvtlashni ta’minlash hamda kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron bolalarga va keksalarga ko‘maklashish;

Ko‘p qavatli uylar atrofini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish.

Aholi o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» borasida muntazam ishlar olib borish.

Suyundikov Ulug‘bek Nurmamatovich 1964-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi pedagog hamda huquqshunos. O‘ZLiDeP a’zosi. 1989 yilda Guliston tumani 3-umumta’lim maktabida mehnat faoliyatini boshlagan. 1991-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida, 2008-2017 yillarda Shirin energetika kolejida o‘qituvchi, 2018-2018 yillarda Shirin shahar Xalq ta’limi bo‘limida yuristkonsult va 2018 yildan hozirgi kunga qadar Shirin shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorganlik raxbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.U.Suyundikov ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida 27 yildan buyon doimiy yashaydi. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Nomzod Suyundikov Ulug‘bek Nurmamatovichning namunaviy dasturi

Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, salbiy illatlarning oldini olish, ularga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda  bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar izchilligiga e’tibor qaratish;

Mahallaga rais bo‘lish juda katta mas’uliyat. Agar ushbu lavozimga saylansam, menga yuklatilayotgan vazifaning mas’uliyati va javobgarligini his qilgan holda hududni har tomonlama sohaviy rivojlantirish chora-tadbirlarini  belgilab olishda, albatta mahalla kengashi a’zolari va faollari bilan birgalikda maslaxatlashib amalga oshiraman. 

Dastlab, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy ma’naviyatimizga xos bo‘lmagan salbiy illatlarni oldini olish, bularga imkon yaratib beruvchi sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar izchilligiga e’tibor qilgan holda mahalla faollari bilan hamkorlikda olib boraman.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan bog‘liq qonun va barcha aloqador bo‘lgan boshqa qonunosti me’yoriy hujjatlarga so‘zsiz tayanib ish olib boraman.

Shirin shahar saylov komissiyasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan