Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida yana bir xizmat ko’rsatish majmuasi o’z faoliyatini boshladi

Joriy yilning 12-may kuni Shirin shahri Mirzo Ulug’bek mahallasida aholiga xizmat ko’rsatish majmumasi ish boshladi. Shahar sektor rahbarlari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirokida tashkil qilingan ochilish marosimida shahar hokimi Sarvar Sultonov so’zga chiqib, Shirin shahrida bu kabi xizmat ko’rsatish obyektlarining ko’payib borayotganligi aholi farovonligi va daromadining oshishi, qo’shimcha ish o’rinlarining yaratilishiga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, shahar hokimi mazkur xizmat ko’rsatish majmuasini tashkil qilgan tadbirkor “Laylo Diyorbek” MChJ rahbarining kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Shunda so’ng, ochilishi marosimi boshlanib, nuroniylar ishtirokida ramziy lentalar qirqildi. Tadbir davomida aholiga dasturxon yozilib, diniy soha vakillari ishtirokida Qur’on tilovatlar qilindi.
Ma’lumot uchun, ushbu xizmat ko’rsatish obyektining loyiha qiymati 1.5 mlrd.so’mni tashkil qilib, obyekt qurilish ishlari 2022-yilning 1-choragida boshlanib, 30-aprel sanasida yakunlandi. Ushbu majmuada umumiy ovqatlanish va savdo xizmati yo’lga qo’yilgan bo’lib, 10 ta ish o’rni yaratildi. Mazkur xizmat ko’rsatish majmuasi bir vaqtning o’zida 200 nafar mijozlarga xizmat ko’rsatish ko’lamiga ega.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan