Saytimizga hush kelibsiz !

Oilalarimiz mustahkamligi – jamiyat poydevori!

Oila hayot abadiyligi va avlodlar davomiyligini ta’minlovchi qadriyatlar beshigi, kelajak nasillar uchun betakror tarbiya qo‘rg‘onidir. Shu bois, oila xalqimizda qadim zamonlardan muqaddas sanalib kelingan va shunday bo‘lib qoladi. Zero, xalqning, millatning kelajagi aynan oila bilan chambarchas bog‘liq. Chunki, har bir inson oilada tug‘iladi va voyaga yetadi, har bir bolaning kelajakda kim va qanday inson bo‘lib kamol topishida oila muhim o‘rin tutadi. Bugun muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan olib borilayotgan jamiki islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham jamiyatimizda har bir insonning baxtli yashashini ta’minlashga qaratilgan va bu borada ulkan ishlar amalga oshirilayotganligini ko‘rib turibmiz.

Bizning Shirin shahri Farhod mahallasida ko’plab hurnatga sazovor oilalar borligini bilamiz. Shulardan biri farzandlarini uyli-joyli qildi, farzandlaridan birini o‘g‘il – qizlari bo‘yi yetib qolganda o‘z jufti halolini sababsiz tashlab, boshqa bir ayolga uylanib, ota-onaga o‘z oilasiga xiyonat qildi. Shuning uchun ham nuroniylarni oilaviy nizolarining sababi nimada degan savol qiziqtiradi. Ushbu sabablarning birontasiga sabab moddiy tomondan deb javob bera olmaymiz va shuningdek, muammoni moddiy jihatdan ya’ni pul va boylik bilan hal etib bo‘lmasligi ham barchaga ayon. Yigitning kamchiligi kelajakni o‘ylamasligi, oxiri nima bo‘lishini tushunmasligidandir. Men bu yigitni ayolini hurmat qilaman, chunki uni har ko‘rganimda ko‘nglini ko‘tarib, sizga qizim ming rahmat, qaynona va qaynotangizga mehr bilan qarayotganligingizni bilib, biz nuroniylar hursandmiz, har doim ularni duosini olib yuring, deb maslaxat beraman. Bizning Farhod mahallamizda arzimagan sabablar bilan oilalarda ajralishlarning sodir etilishi afsuski, bizdek nuroniylarni tashvishga solmoqda. Bunday voqeliklar milliy ruhiyat yo‘qolayotgani bois oilasi manfaatiga zid bo‘lgan qusurlardan ongli ravishda kecha olmagan xonadonlarda kuzatilmoqda.

Darhaqiqat mahalladagi ajralishlar tufayli tirik yetimlar tufayli bu holatlar kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy, ijtimoiy muhiti sog‘lomligiga putir yetkazish muqarrar. Shuning uchun bunday noxush holatlarni oldini olishda biz nuroniylar har doim o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Shu bilan birga mahallamizdagi namunali oilalarni o’rnak qilib ko’rsatamiz. Ayniqsa, yoshlarimizga ushbu oilalardan o‘rnak olishlariga maslahat beramiz.

Mamlakatimizda xususan, Shirin shahrimizdagi barcha mahallalarda bu kabi noxushlik shabbodasi esmasin.

Alisaid Ortiqboyev

Xalq ta’limi a’lochisi, nuroniy

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan