Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahri Amir Temur mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) sayloviga nomzodlar bilan tanishing!

Joriy yilning 16-may kuni Shirin shahri Amir Temur mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo’lib o’tadi. Amir Temur mahallasi raisi lavozimiga ikki nafar nomzodlar nomi ma’lum qilindi.

Qurbonov Temur Husanboyevich – 13.04.1982 yilda Boyovut tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, 3 nafar farzandi bor, ma’lumoti Oliy, dastlab ish (mehnat) faoliyatini 1999-2013 yillar davomida Ichki ishlar idoralarining turli (profilaktika inspektori, tergov xizmati) lavozimlarida 14 yil xizmat qilgan, keyinchalik 2013-2017 yillar davomida Shirin energetika va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida huquqshunoslik fani o‘qituvchisi lavozimida, 2018 yildan hozirgi kunga qadar Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Shirin shahar Amir Temur mahallasida oila a’zolari bilan birgalikda 10 yildan buyon istiqomat qilib keladi.

Nomzod Qurbonov Temur Husanboyevichning namunaviy dasturi

Joriy yildagi fuqarolar yig‘ini raislari saylovida mahalladoshlarim menga ishonch bildirib, mahalla raisligiga nomzodimni tavsiya qilishgan ekan, men uchun bu sharaf, o‘z navbatida katta mas’uliyat. Bu ishonchni oqlashga, bor bilim va tajribamni yurtimning hamda mahallamiz, undagi barcha fuqarolarning ravnaqi uchun sarflashga harakat qilaman.

Mahallaga rais bo‘lish juda katta mas’uliyat. Agar ushbu lavozimga saylansam, menga yuklatilayotgan vazifaning mas’uliyati va javobgarligini his qilgan holda hududni har tomonlama sohaviy rivojlantirish chora-tadbirlarini  belgilab olishda, albatta mahalla kengashi a’zolari va faollari bilan birgalikda maslaxatlashib amalga oshiraman. 

Dastlab, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy ma’naviyatimizga xos bo‘lmagan salbiy illatlarni oldini olish, bularga imkon yaratib beruvchi sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar izchilligiga e’tibor qilgan holda mahalla faollari bilan hamkorlikda olib boraman.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan bog‘liq qonun va barcha aloqador bo‘lgan boshqa qonunosti me’yoriy hujjatlarga so‘zsiz tayanib, quyidagilarni amalga oshiraman:

Jumladan, mahalla fuqarolar yig‘inining asosiy va bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biri bu – tabiat, atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat, shunday ekan mahalla hududidagi ekologik muhitni yaxshilash maqsadida, muntazam ravishda hududni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilab, shahar xududiga mahalla kesimida toza va ozodalikni ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishga harakat qilaman.

Shuning bilan birgalikda, mahalla hududida aholining ishdan bo‘sh vaqtlarida dam olishi uchun maskanlar barpo etish, qo‘shimcha sport maydonchalarini tashkil qilishni rejalashtirmoqdaman.

Shuningdek, o‘zim mutaxassisligim huquqshunos bo‘lgani  uchun mahalla ahli uchun qonunda nazarda tutilgan holda huquqiy maslahatxona tashkil qilish choralarini ko‘raman.

Albatta, bunday katta hajmdagi ishlarni mahalla ahli, faollar hamda mahallamizga biriktirilgan ma’sul xodimlar bilan va to‘g‘ridan –to‘g‘ri shug‘ullanadigan tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar hamkorligida amalga oshiraman.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ining yana bir eng asosiy vazifalaridan biri bu–mahalladagi aholining osoyishta, tinch va totuvligidir, buning uchun avvalam bor mahalla hududidagi oilalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilash va bir-birlariga nisbatan hurmat-extirom ko‘rsatishlari uchun mahalla faollari hamda keksa yoshdagilar, ko‘p xayotiy tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lishini  ta’minlash choralarini ko‘raman.

Bunda, mahallada sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda yoki ularni oldini olishda huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda profilaktik chora – tadbirlarni ko‘raman.

Yoshlar bizning kelajagimiz, shu munosabat bilan yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish uchun mahalla tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni shahar IIB xodimlari bilan xamkorlikda olib boraman.

Bugungi kunda kupgina yosh oilalar arzimas turli vaj va bahonalar bilan o‘zaro janjallashib qolishlari va oqibatida oilalarning ajralib ketishigacha borishi sir emas, ayniqsa, yoshlar hamda yosh oilalar bilan muntazam ravishda aloqalar o‘rnatib, ularning xayot tarzini, bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan band ekanligini nazorat qilishni o‘zimning burchim deb bilaman. Bunda yosh oilalarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida har bir xonadonga shaxsan o‘zim yoki mahalla faollari bilan birgalikda kirib borishlik va ularning oilaviy munosabatlari buzilishinig sabablari va bunga imkon bergan shart sharoitlarni o‘rganib, ularni bartaraf qilish hamda yarashtirish choralarini tegishli tashkilotlar xamkorligida ko‘raman.

Yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda alkogolli maxsulotlarni iste’mol qilish, giyoxvandlik vositalariga ruju qo‘ymaslik choralarini ko‘rish maqsadida, mahallaga biriktirilgan har bir ma’sullar, profilaktika inspektorlari bilan xamkorlikda tegishli chora tadbirlarni ko‘ramiz.

Ayniqsa, maktab yoshdagi farzandlarimiz ko‘p vaqtlarini maktablarda o‘tkazishadi, shu sababli shahar xududidagi maktablar va ularning raxbar hamda o‘qituvchilari bilan muntazam ravishda bog‘lanib, xar bir o‘quvchining bugungi kundagi bilimi, odobi, kerak bo‘lsa maktabga kelib-ketishi, o‘zini munosib tutishi, davomati, oilaviy muxitini nazorat qilishni yo‘lga qo‘ymoqchiman va bu masalada amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorman. Ya’ni, voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyoxvandlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizimga moyil fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borishlikni shahar XTB xamkorligida amalga oshiraman.

Mahallada yosh bolali, keksa va nogiron, boquvchisini qo‘qotgan hamda yolg‘izlarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida, ularga mexr-muruvvat ko‘rsatish, og‘irini yengil qilish, kerak bo‘lsa ularga madaniy tadbirlarni tashkil qilib, ularni doimo xursand bo‘lib yurishi uchun tegishli chora tadbirlarni amalga oshiraman. Bu masalada, bir nechta xomiylarni jalb qilish hamda Nuroniylar kengashi bilan hamkorlik o‘rnatish lozim va zarur bo‘ladi.

Mahallada, aholini daromadini yanada yaxshilash maqsadida, ularning bandligini ta’minlashga katta e’tibor qaratmoqchiman, bunda mahalla aholisini qo‘shimcha ravishda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga, kerakli zarur kuch va vositalarni jalb qilish hamda  mahallamiz tadbirkorlari, Shirin shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi  bilan xamkorlikda ish olib boraman.

Hammamizga ma’lumki, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi bilan “Temir” daftar, “Yoshlar” daftari, “Ayollar” daftari shakllantirilgan, yuqoridagilardan kelib chiqib, mahallamiz yoshlari va keksa-nuroniylari, ayollar hamda nogironligi bor shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, moddiy yordamga muhtoj va voyaga yetmaganlar  bilan muntazam ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy  jihatdan yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha vakoltim doirasida barcha qilinishi lozim bo‘lgan chora –tadbirlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiraman.

Nurmatov Olimjon Raimovich – 15.03.1985 yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, 3 nafar farzandi bor, ma’lumoti Oliy, dastlab ish (mehnat) faoliyatini 2007-2008 yillar davomida Sayxunobod tumani 37-umumta’lim maktab o‘qituvchisi vazifasidan boshlab, keyinchalik 2009-2012 yillar davomida Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasining turli lavozimlarida, 2012-2015 yillarda Sirdaryo viloyati Baxt shahar o‘g‘il bolalar maxsus kolleji bosh tarbiyachisi vazifasida hamda 2016-2019 yillarda  Sirdaryo viloyati Shirin shahar statistika bo‘limi boshlig‘i, 2019 yildan – hozirgi kunga qadar Shirin shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri vazifasida faoliyat olib bormoqda. Shirin shahar Amir Temur mahallasida oila a’zolari bilan birgalikda istiqomat qilib keladi.

Nomzod Nurmatov Olimjon Raimovichning namunaviy dasturi

Men Nurmatov Olimjon Raimovich 2022 yilgi “A.Temur” mahalla  fuqarolar yig‘inlari raislari saylovida mahalladoshlarim menga ishonch bildirib, yig‘in raisligiga nomzodimni tavsiya qilishgan ekan, men uchun bu sharaf, o‘z navbatida, katta mas’uliyat. Bu ishonchni oqlashga, bor bilim va tajribamni mahallamiz, yurtimiz ravnaqi uchun sarflashga harakat qilaman.

“A.Temur” mahalla fuqarolar yig‘iniga rais bo‘lish juda katta mas’uliyat. Agar ushbu lavozimga saylansam, menga yuklatilayotgan vazifaning mas’uliyati va javobgarligini sezgan holda hududni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga albatta oshiraman.

Avvalo, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy ma’naviyatimizga xos bo‘lmagan salbiy illatlarning oldini olish, ularga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar izchilligiga e’tibor qarataman.

Yolg‘iz yashovchi, muhtoj oilalarga alohida moddiy hamda ma’naviy e’tibor qaratish, ularga homiylar biriktirib, moddiy qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron bolalarga hamda keksalarga ko‘maklashishni burchim deb bilaman.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizmga moyil fuqarolar bilan, ayniqsa, yoshlar bilan keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini olib borish, o‘quvchilarning ruhiyati va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli omillardan ularni himoyalashni tashkil etaman.

Mahallada aholi migratsiyasi ro‘yxatini to‘liq shakllantirib borish, chet davlatlarga ishlash uchun uzoq muddatga ketganlarning oila a’zolari bilan muntazam ravishda suhbatlar o‘tkazish, ularning turmush tarzini o‘rganib borish, qaytib kelgan fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va IIB ro‘yxatiga olinishlarini qat’iy nazoratga olaman.

Aholining ichimlik suvi, gaz va elektr energiyasi bilan muntazam va to‘liq ta’minlanishi, foydalanilgan gaz va elektr energiyalari uchun qarzdorligini kamaytirish va to‘lanadigan to‘lovlarni mahalla faollari va uy boshqaruvchilari bilan hamkorlikda o‘z vaqtida to‘lanishida amaliy yordam ko‘rsataman.

Ko‘p qavatli uylarda ijarada turuvchilarni, xonadonlarga kelib-ketuvchilarni hududiy profilaktika inspektorlari bilan birgalikda muntazam nazoratga olib boraman.

Aholi o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xo‘jaligi bilan shug‘ullanish masalalarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiraman.

Shirin shahar saylov komissiyasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan