Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahri Nurobod mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) sayloviga nomzodlar bilan tanishing!

Joriy yilning 16-may kuni Shirin shahri Nurobod mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo’lib o’tadi. Nurobod mahallasi raisi lavozimiga ikki nafar nomzodlar nomi ma’lum qilindi.

Sariyev Oybek Mavlonovich – 26.02.1974 yilda Xovos tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, 2 nafar farzandi bor, ma’lumoti Oliy, 1996-yil Guliston Davlat universitetini tamomlagan. Hozirgi kunda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyat mudiri vazifasida faoliyat olib bormoqda. Sirdaryo viloyati Shirin shahar Nurobod mahallasida oila a’zolari bilan birgalikda istiqomat qilib keladi.

Nomzod Sariyev Oybek Mavlonovichning namunaviy dasturi

Men Sariyev Oybek Mavlonovich Nurobod mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsaqoli) saylash bo‘yicha o‘tkazilayotgan fuqarolar yig‘ini saylovida o‘z nomzodim bilan ishtirok etayotgan ekanman, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yo‘lida astoydil ishlashga so‘z beraman.

Mahallamizda yolg‘iz yashovchi, kam ta’minlangan oilalar mavjud emas. Ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bor oilalarga MFY tomonidan hamda xomiylarni biriktirilgan holda moddiy hamda ma’naviy yordamlar berib kelinmoqda, bundan keyin ham  ushbu oilalarimizga ko‘maklashib, holidan xabar olib turishni burchim deb bilaman.

Ushbu ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironli mavjud oilalarimizga fuqarolarni band qilish maqsadida ularga imkon doirasida kreditlar olib berish, xoxlovchilarga tikuv mashinalari olib, o‘z ishlarini yo‘lga qo‘yishlariga ish bilan band bo‘lishlarini tashkil qilaman.

Mahallamizda voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida hech qanday salbiy holatlar kuzatilmagan, bundan keyin ham salbiy holatlarni oldini olish maqsadida voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash mavzularida tadbirlar tashkil qilaman.  Maktablarda o‘quvchilarning davomatini nazoratga olish, ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lish, “Oila – mahalla – ta’lim -muassasasi” hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha, shuningdek kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishida amaliy yordam ko‘rsataman.

Mustafaqulov Abduraxmon Abdunabiyevich – 25.01.1973 yilda Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, 4 nafar farzandi bor, ma’lumoti Oliy, 1994-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Hozirgi kunda Shirin shahar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi vazifasida faoliyat olib bormoqda. Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida oila a’zolari bilan birgalikda istiqomat qilib keladi.

Nomzod Mustafaqulov Abduraxmon Abdunabiyevichning namunaviy dasturi

Men Mustafaqulov Abduraxmon Abdunabiyevich Nurobod mahalla fuqarolar yig‘ini  raisi (oqsaqoli) saylash bo‘yicha o‘tkazilayotgan fuqarolar yig‘ini saylovida o‘z nomzodim bilan ishtirok etayotgan ekanman, mahalla institutini yanada takomillashtirish xalq farovonligini yaxshilash,  xonadon madaniyati, hamda tomorqa holatlarini yanada takomillashtirish, aholi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida berilayotgan imkoniyatlardan foydalanish kerakligini inobatga olgan xolda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini oshirish bo‘yicha astoydil ishlashga so‘z beraman.

Mahalla raisi lavozimiga mansab yoki amal uchun emas, balki fuqaro dardi tashvishlariga sherik bo‘lish, odamlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish ma’suliyati hamda tashabbus ko‘rsatib o‘zini xalqiga bag‘ishlashi kerak deb hisoblayman. Men zimmamga qanday ma’suliyat yuklanayotganligini his qilib turibman.Agar maxalla raisi lavozimiga saylansam butun kuch va tajribamni maxalladoshlarimning muammolarini xal qilish odamlar xayotini yaxshilashga bag‘ishlayman, fuqarolar yig‘ini raisi saylovida  mahalladoshlarim menga bildirgan ishonchlarini oqlashga, men uchun bu sharaf, o‘z navbatida, katta mas’uliyat. Bu ishonchni oqlashga, bor bilim va tajribamni mahallamiz axolisi, yurtimiz ravnaqi uchun sarflashga harakat qilaman.

Eng avvalo, mahallamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda , yoshlarimizni zararli ta’sirlardan asrash,ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish va bir qator dolzarb vazifalarni amalga oshirish mening saylovoldi dasturimning asosini tashkil etadi. Maxallamizdagi oilalar o‘rtasida ajrimlarni oldini olish borasida, turli jinoyatlarni kelib chiqish xolatlarini oldini olish borasida tadbirlar tashkil qilib, xonadonlarda tushuntirish ishlari olib borish bilan ijobiy natijalarga erishaman deb ishontiraman. Milliy ma’naviyatimizga hos bo‘lmagan salbiy illatlarning oldini olish borasida yoshlarimizning kiyinish ma’daniyatlariga axamiyat berish, ularni g‘arb madaniyatlariga taqlid qilib qolmasliklarini oldini olish borasida ham kerakli tashkilotlar bilan xamkorlikda ishlar olib boramiz, ularga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar izchilligiga e’tibor qarataman.

Shirin shahar saylov komissiyasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan