Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahri Farhod mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) sayloviga nomzodlar bilan tanishing!

Joriy yilning 17-may kuni Shirin shahri Farhod mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo’lib o’tadi. Farhod mahallasi raisi lavozimiga ikki nafar nomzodlar nomi ma’lum qilindi.

Shadmanov Rustam Ro‘ziboyevich 1979-yil 14-sentyabrda Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali 2-nafar farzandi bor. Ish faoliyatini 1996-2000 yilgacha Sirdaryo IES da usta bo‘lib ishlagan. 2005-2014-yillar davomida ichki ishlar tizimida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2019-2020-yillar davomida Sirdaryo EIS da qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Farhod mahallasida 24 yildan beri yashab kelmoqda.

Nomzod Shadmanov Rustam Ro‘ziboyevichning namunaviy dasturi

Joriy yilning eng muhim tadbirlaridan biri bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari raislari saylovida mahalladoshlarim menga ishonch bildirib, yig‘in raisligiga nomzodimni tavsiya qilishgan ekan, men uchun bu sharaf, o‘z navbatida, katta mas’uliyat. Bu ishonchni oqlashga, bor bilim va tajribamni mahallamiz, yurtimiz ravnaqi uchun sarflashga harakat qilaman.

Albatta, yig‘inga rais bo‘lish juda katta mas’uliyat. Agar ushbu lavozimga saylansam, menga yuklatilayotgan vazifaning mas’uliyati va javobgarligini sezgan holda hududni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirgan holda, birinchi navbatda mahallada, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy ma’naviyatimizga xos bo‘lmagan salbiy illatlarning oldini olish, ularga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar izchilligiga e’tibor qarataman.

Mahallada atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini doimiy nazorat qilaman.

Aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ijtimoiy faolligini oshirish, joylarda madaniy va ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ijodiy kechalarni tashkil etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham diqqat markazimizdan chetga chiqmaydi.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, o‘quvchilarning ruhiyati va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli omillardan ularni himoyalashni tashkil etaman.

Qolaversa, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori bilan yaqin hamkorlikda mahallada oila — turmush doirasida huquqbuzarliklarni oldini olish, oilalardagi tinchlik va totuvlikni ta’minlashga bor imkoniyatimni ishga solaman.

Yolg‘iz yashovchi, muhtoj oilalarga alohida moddiy hamda ma’naviy e’tibor qaratish, ularga homiylar biriktirib, moddiy qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron bolalarga hamda keksalarga ko‘maklashish ishlarini muntazam ravishda amalga oshirib kelaman.

“Oila — mahalla — ta’lim-muassasasi” tamoyili asosida hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha umumta’lim maktabi va kollej o‘quvchilari davomatini nazoratga olish hamda  ota-onalar bilan aloqada bo‘lishda  amaliy yordam ko‘rsataman.

Mahallada ijarada turuvchilarni, xonadonlarga kelib-ketuvchilarni profilaktika inspektorlari bilan birgalikda muntazam nazoratga olib boraman.

Mahallada aholi migratsiyasi ro‘yxatini to‘liq shakllantirib borish, chet davlatlarga ishlash uchun uzoq muddatga ketganlarning oila a’zolari bilan muntazam ravishda suhbatlar o‘tkazish, ularning turmush tarzini o‘rganib borish, qaytib kelgan fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va IIB ro‘yxatiga olinishlarini qat’iy nazoratga olaman.

Hokim yordamchisi bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xo‘jaligi bilan shug‘ullanish masalalarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiraman.

Hududimizda istiqomat qiluvchi tadbirkorlar hamda o‘ziga to‘q xonadon egalari bilan hamkorlikda mahalladagi ehtiyojmand oila farzandlari uchun “Xatna” to‘yini qilib berishni ham rejalashtirganman. 

Shahar Hokimiyati hamda sektor rahbari bilan  hamkorlikda mahallamizda piyodalar uchun yo‘laklar qurish ishlarini rejalashtirganman.

Mamatqulova Saodat Suvanovna 1971-yil 9-aprelda Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali, 2-nafar farzandi bor. Ish faoliyatini 1993-yilda o‘qituvchilikdan boshlagan. 1996- 2016-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar safida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tab, 2016-yilda qurolli kuchlar safidan nafaqaga chiqqan. 2016-2019 yillar davomida “Farhod” MFY raisi lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda Shirin shahar xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida mutaxasis lavozimida ishlamoqda.

Nomzod Mamatqulova Saodat Suvanovnaning namumanviy dasturi

Ushbu yilning eng muhim tadbirlaridan biri bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari raislari saylovida mahalladoshlarim menga ishonch bildirib, yig‘in raisligiga nomzodimni tavsiya qilishgan ekan, men uchun bu sharaf, o‘z navbatida, katta mas’uliyat. Bu ishonchni oqlashga, bor bilim va tajribamni mahallamiz, yurtimiz ravnaqi uchun sarflashga harakat qilaman.

Albatta yig‘inga rais bo‘lish juda katta mas’uliyat. Agar ushbu lavozimga saylansam, menga yuklatilayotgan vazifaning mas’uliyati va javobgarligini sezgan holda hududni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirgan holda birinchi navbatda mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, milliy ma’naviyatimizga xos bo‘lmagan salbiy illatlarning oldini olish, ularga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar izchilligiga e’tibor qarataman.

Aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ijtimoiy faolligini oshirish, joylarda madaniy va ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ijodiy kechalarni tashkil etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham diqqat markazimizdan chetga chiqmaydi.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, o‘quvchilarning ruhiyati va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli omillardan ularni himoyalashni tashkil etaman.

Qolaversa, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori bilan yaqin hamkorlikda mahallada oila — turmush doirasida huquqbuzarliklarni oldini olish, oilalardagi tinchlik va totuvlikni ta’minlashga bor imkoniyatimni ishga solaman.

Yolg‘iz yashovchi, muhtoj oilalarga alohida moddiy hamda ma’naviy e’tibor qaratish, ularga homiylar biriktirib, moddiy qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron bolalarga hamda keksalarga ko‘maklashish ishlarini muntazam ravishda amalga oshirib kelaman.

“Oila — mahalla — ta’lim-muassasasi” tamoyili asosida hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha umumta’lim maktabi va kollej o‘quvchilari davomatini nazoratga olish hamda  ota-onalar bilan aloqada bo‘lishda  amaliy yordam ko‘rsataman.

Ko‘p qavatli uylarda ijarada turuvchilarni, xonadonlarga kelib-ketuvchilarni profilaktika inspektorlari bilan birgalikda muntazam nazoratga olib boraman.

Mahallada aholi migratsiyasi ro‘yxatini to‘liq shakllantirib borish, chet davlatlarga ishlash uchun uzoq muddatga ketganlarning oila a’zolari bilan muntazam ravishda suhbatlar o‘tkazish, ularning turmush tarzini o‘rganib borish, qaytib kelgan fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va IIB ro‘yxatiga olinishlarini qat’iy nazoratga olaman.

Hokim yordamchisi bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xo‘jaligi bilan shug‘ullanish masalalarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiraman.

Hududimizda istiqomat qiluvchi tadbirkorlar hamda o‘ziga to‘q xonadon egalari bilan hamkorlikda mahalladagi ehtiyojmand oila farzandlari uchun “Xatna” to‘yini qilib berishni ham rejalashtirganman. 

Shahar Hokimiyati hamda sektor rahbari bilan  hamkorlikda mahallamizda piyodalar uchun yo‘laklar qurish ishlarini rejalashtiraman.

Shirin shahri saylov komissiyasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan