Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida an’anaga aylangan yugurish estafetasi o’tkazildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan har yili Shirin shahrida an’anaga aylangan sport estafetasi bo’lib o’tadi. Bugun, 7-may kuni ham ana shunday estafeta bo’lib o’tdi. Korxona, tashkilotlar hamda mahallalar jamoalari o’rtasida an’ana tusiga kirgan 47-sport estafetasi o’tkazildi.

Mazkur estafeta aynan Sirdaryo viloyati Shirin shahrida 1973-yildan boshlab o’tkazilib kelinadi. Estafetada sportchilar (ishtirokchilar) 8 ta bosqich bo’yicha o’zaro bellashadi, ya’ni birinchi bosqichda erkaklar o’rtasida 1500 metr masofaga yugurish bahslari bo’lib o’tadi va estafeta tayoqchasi keyingi ishtirokchiga beriladi u ishtirokchi velosipedda 2500 m masofani bosib o’tadi, shuningdek, uchinchi bosqichda 400 metrga yugurish uchun erkaklar o’rtasida bahslar boshlanib, 4-bosqichda merganlik musobaqasi o’tkaziladi (3 m masofadagi nishonga nayzalar otiladi), 5-bosqichda erkaklar 10 kg og’irlikdagi xalta bilan 300 m masofaga yuguradi va keyingi 6-bosqichda qizlar o’rtasida 1500 metr masofada velopoyga o’tkaziladi, 7-bosqichda 300 m masofaga qizlar o’rtasida yugurish musobaqasi bo’lib o’tadi va so’nggi 8-bosqichda erkaklar gazga qarshi himoya vositasini taqqan holda 300 metr masofaga yugurib FINISH chizig’ini bosib o’tishadi. Har bir bosqich oralig’ida estafeta tayoqchasi keyingi bosqichda ishtirokchisiga uzatilib boriladi.

Shirin shahrida mazkur sport estafetasi g’oliblari taqdirlandi. Xususan, 1-o’rin Farhod mahallasi jamoasiga, 2-o’rin yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi jamoasiga hamda 3-o’rin “Sirdaryo IES” AJ jamoasiga nasib qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan