Saytimizga hush kelibsiz !

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Shirin shahrida bayram tadbiri bo’lib o’tdi

Xotira buyuk, qadr muqaddas. Darhaqiqat, ajdodlar xotirasini yod etish, Vatanimiz ozodligi, himoyasi yo‘lida jon fido etgan ota-bobolarimizni ruhini shod aylash, qatorimizda umr kechirayotgan keksalarimizni, faxriylarimizni qadrlash xalqimizga xos bo‘lgan muqaddas qadriyatdir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, joriy yilning 7-may kuni Shirin shahrida joylashgan “Xotira bor ekan millat barhayot”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” shiorlari ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Sharaf lentalarini taqish bilan boshlangan tantanali tadbirda Xotira maydonidagi Motamsaro ona siymosi aks etgan haykal poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

O‘tganlar xotirasi yod etilib bir daqiqa sukut saqlandi.
Yoshlar, nuroniylar, tashkilot rahbarlari, mahalla faollari, mehnat faxriylari ishtirok etgan tantanali marosimda so’zga chiqqanlar Ikkinchi jahon urushida ko’ksini qalqon qilgan harbiylar xotirasi abadiy ekanligi, bugungi kundagi mana shunday tinchlik, farovonlikda yashayotganligidan barcha vatandoshlar shukronalikda yashashi lozimligi aytib o’tilib, barchaga bayram tabriklari ulashildi.

Bayram tadbiri davomida shahar madaniyat bo‘limi hamda harbiy qism tomonidan ikkinchi jahon urushi yillari aks etgan ta’sirli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shirin shahrida bayram tadbirlari davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan