Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida qad rostlayotgan Yoshlar markazi binosi qurilishi jadal davom etmoqda

2021-yil 27-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovning Sirdaryo viloyati Shirin shahrida yoshlar bilan o’ktazgan uchrashuvida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarida uzoq yillardan buyon Amir Temur mahallasida joylashgan qurilishi tugallanmay qolgan “Madaniy oqartuv” binosi o’rnida yoshlar uchun zarur bo’lgan markaz qurish bildirilgan edi. Vazir tomonidan mazkur taklif qo’llab-quvvatlandi va homiylik mablag’lari hisobidan mazkur bino o’rnida zamonaviy barcha sharoitlarga ega Yoshlar markazi binosi qurilishi ta’kidlandi.

Ayni kunlarda Yoshlar markazi binosini qurish bo’yicha amaliy ishlar jadal tarzda olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu bino qurilish ishlari joriy yilning mart oyida boshlangan, loyiha umumiy qiymati 13 mlrd.so’mga teng. Loyihaga ko’ra, ushbu binoda faollar zali, “Book cafe”, kutubxona, “Coworking markazi”, IT-park xonasi, ijod sutdiyasi, madaniyat xonasi, oshxona, to’garak xonalari va boshqa zarur xonalar quriladi. Ushbu Yoshlar markazida yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, ularning o’z ustida ishlashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan