Saytimizga hush kelibsiz !

Sirdaryo viloyatida o’tkazilgan musobaqada Shirin shahri 4-maktab jamoasi faxrli o’rinni qo’lga kiritdi

Joriy yilning 28-aprel kuni Yangiyer shahridagi harbiy qismda «Yesh chegarachilar» harbiy vatanparvarlik musobaqasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tuman, shahar bosqichida g’olib bo’lgan jamoalar o’zaro bellashib, musobaqaning jami 8 ta sharti yakunlariga ko’ra, Shirin shahrining 4-umumta’lim maktabi «Vatan tayanchi» jamoasi (1-o’rin Oqoltin hamda 2-o’rin Xovos tumanlarining jamoalariga nasib qildi) faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi. Shuningdek jamoa a’zosi Uygun Ummatov “Eng faol qatnashchi” nominatsiyasi bo’yicha taqdirlandi. Maktabimiz jamoasi azolariga Davlat xavfsizlik xizmati, Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining 3-darajali diplomi, medallar va sovg’alar taqdim etildi.

Eslatib o’tamiz, shu yilning 1-aprel kuni o’tkazilgan «Yosh qutqaruvchilar» musobaqasining viloyat bosqichida ham 4-maktab jamoasi faxrli 3 o’rinni egallagan edi. Bu mazkur jamoaning ushbu o’quv yilidagi 5-sovrinli natijasi sifatida qayd etilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan