Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida futbol hamda minifutbol bo’yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasi g’oliblari taqdirlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-aprel kuni Shirin shahrida minifutbol bo’yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berilib, shahardagi 6 ta mahallalar o’rtasida turnir formatida minifutbol bahslari o’tkazildi. Qariyb 8 kun davom etgan minifutbol bellashuvlarida yakuniy ochkolar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoa nomi aniq bo’ldi.

Joriy yilning 20-aprel kuni esa Shirin shahridagi markaziy stadionda futbol bo’yicha mahallalar o’rtasida DXX kubogi musobaqasiga start berilib, joriy yilning 26-aprel kuni ushbu musobaqa yakunlandi va g’oliblar taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, minufutbol bo’yicha:

1-o’rin Mirzo Ulug’bek MFY;

2-o’rin Farhod MFY;

2-o’rin Bunyodkor MFY jamoalariga nasib qildi.

Futbol bo’yicha:

1-o’rinni Do’stlik MFY;

2-o’rinni Mirzo Ulug’bek MFY;

3-o’rinni Farhod MFY jamoalari egalladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan