Saytimizga hush kelibsiz !

Prokuratura byurosining Shirin shahar bo’limi tomonidan I chorakda qancha mablag’ undirildi?

Sud huquq islohotlari avvalambor, qonun ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizning huquqlarini himoyalashni maqsad qilgan! Bosh prokuratura huzuridagi Byuro organlari sud va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishida odil sudlovni ta’minlaydi.

Xususan, Byuroning Shirin shahar bo‘limi tomonidan joriy yil o‘tgan 1-choragi davomida jami undiruv 4,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan davlat foydasiga 2,2 mlrd. so‘m undirilishi ta’minlangan.

Soliq qarzdorligi bo‘yicha byudjetga 1,9 mlrd. so‘m, jinoiy va ma’muriy jarimalar bo‘yicha 62,7 mln. so‘m va 141,3 mln. so‘m davlat boji undirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yildagi “Sud hujjatlar va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6118-sonli Farmoniga asosan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolarni qo‘llab quvatlashga 142 mln. so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan.

Prokuratura byurosining Shirin shahar bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan