Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida «Kitobxonlik haftaligi» doirasida qator tadbirlar o’tkaziladi

2022-yil 18-23-aprel kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “KITOBXONLIK HAFTALIGI-2022” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan soha mutaxassislari va kitobxonlar uchun bir qator tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, treninglar, tanlovlar, kitob ko‘rgazmalari, kutubxona bo‘ylab ekskursiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Xususan, 18-23-aprel kunlari Shirin shahar Farhod mahallasida joylashgan «Ustozlari maskani» kutubxonasida quyidagi tadbirlar o’tkaziladi:

  • 18-aprel kuni soat 10:00 da Haftalikning ochilish marosimi, soat 11:00 da «Kitob – hayot ko’zgusi» kitobxonlik kechasi;
  • 19-aprel kuni soat 10:00 da yangi adabiyotlar ko’rgazmasi, soat 14:00 da «Kitob – beminnat ustoz» kitobxonlik bellashuvi;
  • 20-aprel kuni soat 10:00 da «Kitobdek aqlli va sodiq do’st yo’q» mavzusida davra suhbati;
  • 21-aprel kuni soat 10:00 da shoir Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlangan she’riyat kechasi;
  • 22-aprel kuni soat 10:00 da Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag’ishlangan kitoblar ko’rgazmasi va «Amir Temur o’gitlari» davra suhbati;
  • 23-aprel kuni soat 09:00 da maktabning 1-4-sonf o’quvchilari o’rtasida «Yosh kitobxon» tanlovi, soat 11:00 da Haftalikning yopilish marosimi.

Shirin shahar Axborot kutubxona markazi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan