Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi doirasida minifutbol bahslaridan so’ng futbol musobaqalariga ham start berildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-aprel kuni Shirin shahrida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi bo’yicha futbol musobaqalariga start berilgan edi. Unda dastlab mahallalar o’rtasida turnir formatida minifutbol bahslari boshlab berilgan edi. Bir haftadan oshiq vaqt davomida bo’lib o’tgan minifutbol bahslari joriy yilning 15-aprel kuni o’z nihoyasiga yetdi hamda eng ko’p ochko to’plagan jamoa nomi aniq bo’ldi. Minifutbol musobaqalari yakunlangandan so’ng, joriy yilning 19-aprel kuni futbol bahslariga start berildi.
Birinchi kun natijalariga ko’ra, hisob quyidagicha bo’ldi:
Farhod MFY 4 – 0 Amir Temur MFY
Bunyodkor MFY 1 – 4 Mirzo Ulug’bek MFY.
Qolgan mahallalar o’rtasidan bahslar ham belgilangan sanaga asosan o’tkaziladi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan