Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida «Kitobxonlik haftaligi»ning ochilish marosimi o‘tkazildi

Shirin shahar Farhod mahallasi hududida joylashgan Axborot kutubxona markazi tasarrufidagi «Ustozlar maskani» kutubxonasida «Kitob – hayot ko‘zgusi» nomli musiqiy-badiiy kecha bilan «Kitobxonlik haftaligi» ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari Dilafruz Djumabayeva so’zga chiqib, «Kitobxonlik haftaligi»ni o‘tkazilishining maqsad va vazifalari, insonning ma’naviy kamolotida kitob va kutubxonalarning o‘rni xususida to’xtalib o’tdi.

Ochilish marosimida eng faol kitobxon nuroniy onaxonlar so’zga chiqib, kitob ziyo tarqatuvchi oftob, beminnat ustoz ekanligini, kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi tadbirlar esa, yoshlarga mutoalaa madaniyatini singdirishdagi asosiy vosita ekanligini aytib o‘tdi. Tadbir davomida shahar axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan markazga keltirilgan yangi asarlar taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda shahar madaniyat bo‘limi tomonidan ijro etilgan g‘o‘zal kuy-qoshiqlar ishtirokchilarga hush kayfiyat ulashdi.

Ma’lumot uchun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi «2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 781-sonli qaroriga muvofiq, har yili aprel oyida «Kitobxonlik haftaligi» o’tkaziladi.

Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan