Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalariga start berildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan besh muhim tashabbus yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz bo’ylab Besh tashabbus olimpiadasi musobaqalari boshlanmoqda. Joriy yilning 9-aprel kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida Besh tashabbus olimpiadasiga rasman start berildi. Shahar sektor rahbarlari, fuqarolar, yoshlar ishtirokida Shirin energetika kollejida bo’lib o’tgan ochilish marosimida shahar hokimi so’zga chiqib, barcha yoshlarni mazkur ko’taringki ruhdagi bayram bilan tabriklab, yoshlarga bugungi kunda berilayotgan e’tibor xususida to’xtalib, barcha yoshlarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so’ng, besh tashabbus olimpiadasining rasman ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida bir guruh yosh sportchilar tomonidan turli xil chiqishlar, Bolalar-musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchilari, madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan kuy-qo’shiqlar, raqslar yuqori kayfiyat bilan davom etgan tadbir ishtirokchilariga namoyish qilindi.
Ochilish marosimidan so’ng minifutbol bahslariga ham start berilib, musobaqalar boshlab yuborildi.
Besh tashabbus olimpiadasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar sportning 9 turi bo’yicha, shuningdek, beshta tashabbusning barcha yo’nalishlarida musobaqa, tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin. Mazkur musobaqa qariyb bir oy mobaynida o’tkaziladi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan