Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i chorak yakunlari bo’yicha hisobot berdi

Assalomu alaykum!

Shirin shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan soliq undiruvi hamda tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 2022-yilning I choragi davomida davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan shaharda jami 3 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, qariyb 110 ta tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Shirin shahrida 312 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida shahrimizdagi 54 ta korxona har birining muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 36 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi. 

Shirin shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 24 ta korxonadagi 36 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. 

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 15 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 13 nafar, qurilish korxonalarida 8 nafar  fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 7,5 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020- yilda yangi Soliq Kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i esa 5 foizdan 1,5 foizga, qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. Natijada, shahar tadbirkorlarining ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari 1,5 baravar ko‘paygan bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar soni 66 tadan 78 taga yetdi. 

2022-yilning 1 choragi davomida shahrimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 3,1 mlrd.so‘m rejani haqiqatda 3,7 mlrd.so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 0.6 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Byudjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy 3,4 mlrd.so‘mi, ya’ni 97 foizi yuridik shaxslar, 0,3 mlrd.so‘mi yoki 3 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 2,6 mlrd.so‘m yoki 70.2 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 0.4 mlrd.so‘m yoki 10.8 foizini aylanmadan olinadigan solig‘, 0.3 mlrd.so‘m yoki 8.2 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i hamda qolgan 0.4 mlrd.so‘m yoki 10.8 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Xusniddin Qobilov

Shirin shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan