Saytimizga hush kelibsiz !

“Tashabbusli budjet” loyihasi asosida Shirin shahrida bir qancha bunyodkorlik ishlari olib boriladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi PQ-3917-sonli tegishli qaroriga muvofiq, Ochiq budjet axborot portali tashkil qilinib, ushbu portal O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi axborotiga kirish va O‘zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini tashkil etish to‘g‘risida tegishli axborotni taqdim etadi va shu bila birgalikda, ushbu portal quyidagi vazifalarni bajaradi:

– byudjet xarajatlarini tartibga solish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

– jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uchun taqdim etiladigan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish;

– fuqarolarning murojaatlarini, shu jumladan byudjet qonunchiligining buzilishi faktlarini xabardor qilish va byudjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish imkoniyatlarini tashkil etish.

Ushbu portalda aholi tomonidan tashabbuslar ilgari surildai hamda u yuqori ovoz to’plansa ya’ni ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatlovchilar ko’p bo’lsa, mazkur tashabbus budjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi hamda amalga oshiriladi.

Quyida Sirdaryo viloyati Shirin shahri bo’yicha «Tashabbusli budjet» loyihasi asosida g’olib deb topilgan tashabbuslar moliyalashtirilishi hamda amalga oshirilishi belgilanadi.

  1. Axborot-kutubxona markaziga yangi, zamonaviy bino qurib beriladi (Tashabbus uchun jami to’plangan ovoz 358 ta);
  2. Do’stlik mahalla fuqarolar yig’ini uchun yangi bino quriladi (Tashabbus uchun jami to’plangan ovoz 51 ta);
  3. Shirin shahar Amir Temur mahallasi hududida aholi dam olish maskani tashkil etiladi (Tashabbus uchun jami to’plangan ovoz 335 ta);
  4. Farhod mahallasi Tarovat ko’chasi asfalt qilinadi (Tashabbus uchun jami to’plangan ovoz 23 ta);
  5. Mirzo Ulug’bek mahallasi Xalqlar do’stligi ko’chasida piyodalar yo’laklari quriladi (Tashabbus uchun jami to’plangan ovoz 19 ta);
  6. Shirin shahar 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi uchun piyodalar yo’lagi ta’mirlanadi (Tashabbus uchun jami to’plangan ovoz 107 ta);
  7. 3-umumiy o’rta ta’lim maktabidagi piyodalar yo’laklari ta’mirlanadi (Tashabbus uchun jami to’plangan ovoz 54 ta);
  8. Shahardagi bir nechta nosoz tungi yoritish chiroqlari yangilanadi (Tashabbus uchun jami to’plangan ovoz 26 ta);

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan