Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida muddatli harbiy xizmatchilarni kuzatish marosimi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 1-aprel kuni Shirin shahrida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchi oddiy askarlarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bayramona tusda tashkil etilgan tadbirda Sirdaryo viloyati Shirin shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari, shahar “Bolalar musiqa va san’at maktabi” o’quvchilari ishtirokida turli xil raqslar va musiqiy chiqishlar namoyish qilindi.

Tadbir so‘ngida jangovor va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida yuqori natijalarga erishgan, hamda o‘z xizmat burchlarini namunali bajargan, test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan bir guruh muddatli harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar bilan taqdirlandi.

Vatanparvar mahallasi yoshlar yetakchisi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan