Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida «Qizil yarim oy» jamiyati tomonidan «Tabiiy ofatlarda boshqarish» loyihasining 2-bosqichi doirasida seminarlar davom etmoqda (VIDEO)

Xalqaro “Qizil yarim oy jamiyati” tomonidan qator loyihalar amalga oshiriB kelinmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda “Tabiiy ofatlarda boshqarish” loyihasi doirasida joriy yilning 30-mart kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o’quv seminarning navbatdagi bosqichi o’tkazildi. Ushbu bosqich favqulodda holat yuz berganda qanday harakatlanish, ehtiyot choralarini ko’rish kabi muhim mavzularga bag’ishlandi.


Mazkur tadbir doirasida Shirin shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda o’quv seminari tashkil etilib, unda maktabgacha ta’lim xodimlari hamda fuqarolarga favqulodda holat ro’y berganda qanday harakatlanish va ehtiyot choralarini ko’rish kabi yo’nalishlarda mutaxassislar tomonidan amaliy tarzda seminar o’tkazildi.
Seminar davomida favqulodda holatlarda harakatlanish yo’nalishida ishtirokchilarga turli videolavhalar namoyish etildi.
Shuningdek, loyiha doirasida “Qizil yarim oy” jamiyati tomonidan mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotiga favqulodda holatlarda zarur bo’ladigan 9 turdagi anjomlar topshirildi.
Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda “Tabiiy ofatlarda boshqarish” loyihasi doirasida mazkur seminarlar Shirin shahrida rejaga asosan davom ettirilmoqda.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan